
18 Mar 2025 - 18 Mar 2025
Kelajak biznes liderlari uchun imkoniyat

Bo'lib o'tgan davra suhbati doirasida, AloqaBank tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, biznesni boshlash va rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, venchur investitsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.
"Startup Garage" dasturi taqdimoti doirasida, dastur orqali yosh tadbirkorlar o‘z innovatsion loyihalarini moliyalashtirish va bizneslarini rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish imkoniga ega bo‘lishlari batafsil tushintirildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja ishtirok etdi. Muloqot davomida ishtirokchilar media sohasidagi yangi imkoniyatlar, axborot xavfsizligi bo'yicha startap loyihalar va sohaning kelajak istiqbollari haqida muhokamalar olib bordilar.
Uchrashuv so‘ngida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, yosh tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob olishdi. AloqaBank tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilgan ushbu tadbir yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ularning kelgusidagi biznes tashabbuslari uchun muhim turtki bo‘ldi.