Joriy yilning 15 – 17-may kunlari AT “Aloqabank”da Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi tashabbusi va Bank rahbariyati tomonidan, “Humson Buloq” sanatoriy-kurort majmuasida team building tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — jamoada gender tengligi tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash, korporativ madaniyatni va xodimlar oʻrtasidagi hamjihatlikni oshirish hamda oʻzaro ishonch va jamoaviy hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Dastur doirasida ishtirokchilarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish, mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash hamda kasbiy faoliyat va kundalik jarayonlarda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan maxsus treninglar tashkil etildi. Interaktiv va amaliy formatda kechgan jamoaviy mashqlar hamda “Zakovat” intellektual turniri ishtirokchilarning tezkor fikrlash, bir-birini tinglash va tushunish, umumiy maqsad yo‘lida birlasha olish ko‘nikmalarini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Shuningdek, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida voleybol, futbol va tennis bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Bu esa ishtirokchilarga norasmiy muhitda yaqindan muloqot qilish va korporativ birdamlikni mustahkamlash imkonini berdi.  

Mazkur tadbir jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash bilan berga, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yuqori bosqichga olib chiqdi. Ishtirokchilarni yangi g‘oya va tashabbuslar sari ruhlantirib, Bankning kelgusidagi muvaffaqiyatlari yo‘lida kuchli motivatsiya va ilhom manbaiga aylandi.

d2f3eca6-70e1-48ee-8b24-01ab314f9e4f.

5a64862f-353c-4801-bc42-707579bc6cf1

87cbd6f0-7b3a-4b83-b1d4-bd7aff6f16b4.