Joriy yilning 19–24-fevral kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Humson Buloq” sanatoriy-kurort majmuasida “AloqaBankning 2023-yil faoliyati yakunlari, joriy yilda bankning "Chakana bank xizmatlarini raqamli tranformatsiya qilish" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminar AloqaBank Bosh ofisi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda taklif etilgan mutaxassislar tomonidan olib borildi. Unda bankning Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlari Chakana biznes bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari bankning 2023-yil faoliyati yakunlari, aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatilishida erishilgan yutuqlar, shuningdek, xizmat sifatini yanada yaxshilash, joriy yilda bank oldiga qo‘yilgan istiqbolli vazifalar va raqamli transformatsiya jarayonlari kabi bir-biridan dolzarb masalalar yuzasidan interaktiv tarzda seminar, ma’ruza va ochiq suhbatlar o‘tkazishdi.