25 Mar 2025 - 25 Mar 2025
Bugungi tashabbus – ertangi yutuqlarning poydevori
Buxoro viloyatining Peshku, Shofirkon, Qorovulbozor, Kogon, Qorako‘l va Olot tumanlarida yoshlar uchun navbatdagi muhim tashabbus — o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–62-sonli qarori doirasida tashkil etildi va unda mahalla yoshlar yetakchilari, faol yoshlar hamda tadbirkorlikka qiziqqan yoshlardan iborat ishtirokchilar qatnashdi.
AloqaBank Buxoro HKXKM rahbariyati tomonidan yosh tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bank tomonidan taqdim etilayotgan bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlar uchun faqatgina bilim manbai emas, balki o‘z imkoniyatlarini anglash va kelajakka ishonch bilan qarashning muhim bosqichiga aylanmoqda.