Toshkent davlat agrar universitetida AloqaBank Toshkent viloyati HKXKM vakillari tomonidan “Biznes g‘oyalarni shakllantirish va muvaffaqiyatli startapga aylantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbir yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan edi.

Seminar davomida talabalar o‘z startap loyihalarini ishlab chiqish va taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bank vakillari istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqib, ularga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kelajagingizni bugundan qurish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz!