AT “Aloqabank”da korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

AT “Aloqabank”ning 2026-yil uchun tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Harakatlar rejasi doirasida davlat xizmatchilari faoliyatida halollik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv va yig‘ilishlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbirda bankning Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi HKXKM rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud xavf va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda nazorat mexanizmlarining samaradorligi yuzasidan muhokamalar olib borildi. Shu bilan birga, korrupsiyaning oldini olish sohasida qo‘llanilayotgan xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy amaliyotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir davomida xodimlar orasida korrupsiyaga nisbatan qat’iy murosasizlik muhitini shakllantirish, xizmat vazifalarini vijdonan va shaffof tarzda bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda komplayens nazorat tizimlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi talab va me’yorlarning amaliy ijrosini ta’minlash, mavjud nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyat natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

d1718fab-cb9f-45b0-862c-7ddb4af25558