Bugun, AloqaBank Bosh ofis binosida bank rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi ostida “Yoshlar kuni” munosabati bilan, butun respublika bo‘ylab saralangan, bankning yosh top menejerlar uchun maxsus bayram dasturi tashkil etildi. Tadbir davomida bank rahbariyati va xorijda tahsil olib, hozirda bank-moliya, texnologiya va boshqa sohalarda yetakchilik qilayotgan vatandoshlarimiz yoshlar bilan o‘zining hayotiy yo‘li, mehnati, muvaffaqiyatlar saboqlari bilan o‘rtoqlashdi. Har bir so‘z, har bir tajriba yoshlar qalbida yangi orzular, yuksak marralar sari qat’iy intilishni uyg‘otdi.

Ma’lumot o‘rnida:

  • Bugungi kunda AloqaBank tizimida 60 foizidan ortig‘i yoshlardan iborat (30 yoshgachasi 42%, 35 yoshgachasi 59%) bo‘lgan mutaxassislar bank jamoasining tashkil etadi.
  • AloqaBank yoshlarga faqat mehnat maydonini emas, balki o‘sish, rivojlanish, tashabbus va yetakchilik qilish imkonini ham taqdim etadi.

Yana bir e’tiborga molik yangilik – bosh ofisda ish boshlagan innovatsion kutubxonadir. Bu joy zamonaviy bilimlar, ilg‘or g‘oyalar va shaxsiy rivojlanish sari yo‘l ochadigan markaz sifatida ishga tushirildi. Kutubxonada 4500 dan ortiq kitob, jumladan, 50% o'zbek, 35% rus va 15% ingliz tillardagi adabiyotlar mavjud. Endilikda bank xodimlari biznes, texnologiya, moliya, marketing va boshqa yo‘nalishlardagi dolzarb adabiyotlarga bemalol murojaat qilishlari mumkin.