AloqaBankning Kadrlar siyosati va xodimlarni rivojlantirish (HR) departamenti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchi kurs talabalari uchun ochiq tanlov o‘tkazdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — ushbu universitet talabalari uchun amaliyot tashkil qilish va kelgusida bank uchun yetuk, salohiyatli zaxira kadrlarni tanlab olishdan iborat.