13 Mar 2025 - 13 Mar 2025
AloqaBank yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 14-fevralda tasdiqlangan PQ-62-sonli qaror doirasida yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida talaba-yoshlar ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Buxoro viloyatining Jondor, Romitan, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida bo‘lib o‘tgan seminarlarda “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi Buxoro viloyat filiali rahbari va AloqaBank Buxoro HKXKM rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir davomida AloqaBank yoshlar banki sifatida belgilanganligi, shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun maxsus moliyaviy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.
Ushbu tadbirlar yoshlarning biznes tashabbuslarini rivojlantirish, startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.