ESG standartlarini joriy etish doirasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda joriy yilning fevralda AT “Aloqabank”da “Aloqabank jamoasining ESG sohasidagi salohiyatini oshirish” mavzusida ikki kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Trening dasturi xodimlarning ESG yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Unda ESG asoslari, bankning ESG strategiyasi loyihasi hamda uni amalga oshirishning ekologik jihatlari keng muhokama qilindi. Shuningdek, MHXS S1, S2 va GRI standartlari bo‘yicha xalqaro hisobotlar tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur o‘quv dasturi ichki ekspert salohiyatini kuchaytirish, ishlab chiqilgan mexanizmlarni amaliyotga samarali tatbiq etish hamda bank xodimlari o‘rtasida barqaror rivojlanish tamoyillari bo‘yicha yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, loyiha ESG yo‘nalishini izchil rivojlantirish va “Aloqabank” ESG strategiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.