8 Mar 2024 - 8 Mar 2024
AloqaBank ayol xodimalarini birlashtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashga va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan "Aloqabrains" intellektual o‘yinini o‘tkazdi. Mazkur loyiha bank va Kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Qizg'in va murosasiz kechgan ushbu o'yinda 1-o’rinni “Diamond” jamoasi, 2-oʻrinni “Semurg'” jamoasi, 3-o’rinni esa “Zoomrad” jamoasi qo’lga kiritdi.
Bundan tashqari tadbir doirasida ayollar uchun maxsus davra suxbati va turli qadriyatlarga, xilma-хillikka boy bo’lgan sahna ko’rinishlar bellashuvi namoyish etildi. Natijalarga ko'ra: Qoraqalpog'iston HKXKM jamoasi 1-o’rin, Samarqand HKXKM jamoasi 2-o’rin, 3-o’rin Surxondaryo HKXKM jamoasiga nasib etdi.
Ilmiy-ma'rifiy raqobat muhiti doirasida barcha tadbir ishtirokchilari esdalik sovg'lari bilan taqdirlandi.