Buxoro viloyatida sport bayrami — Sport o'yinlari — 2026

Har yili yoz mavsumi boshlanishi arafasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, xodimlar o'rtasida jamoaviylik va do'stona muhitni mustahkamlash maqsadida sport o'yinlari o'tkazib kelinadi.

Bu yilgi Sport o'yinlari musobaqalariga Buxoro viloyati mezbonlik qildi. Tadbir doirasida futbol va basketbol bo'yicha qizg'in bellashuvlar tashkil etilib, ishtirokchilar o'z jamoalari sharafini munosib himoya qildilar.

Musobaqa yakunlariga ko'ra:

  • Futbol — Xorazm HKXKM jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi
  • Basketbol — Navoiy HKXKM jamoasi eng yaxshi natija ko'rsatib, g'olib deb topildi

Sport o'yinlari davom etadi. Joriy yilning 5–6-iyun kunlari AloqaBankning ayol xodimalari o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqaga esa Navoiy viloyati mezbonlik qiladi.

Jamoamiz sog'lom raqobat, birdamlik va sport ruhini qo'llab-quvvatlashni davom etadi.


baf38e8f-6f3d-43c1-ae71-d56bcf9a8b65

fa77d58f-ea76-4bbc-b480-8830419f1f77

5e8ca148-fddd-457c-885e-1507cabd9f7a

f46a1f44-f99e-41d7-ab1d-9ae97faa5eda