8 Iyun 2026 - 5 May 2027
5–6-iyun kunlari AloqaBank ayol xodimalari o'rtasida an'anaviy sport musobaqalari bo'lib o'tdi. Bu safar mezbonlikni Navoiy viloyati o'z zimmasiga oldi.
Voleybol maydonida jamoalar o'rtasida kuchli raqobat kuzatildi. Barcha to'siqlarni engib, "Toshkent" jamoasi birinchi o'ringa sazovor bo'ldi!
Musobaqalar voleybol bilan cheklanmadi. Shaxmat va stol tennisi bo'yicha ham qizg'in kurashlar bo'lib o'tdi:
- Shaxmat — Kazakova Zubayda Abduraximovna
- Stol tennisi — Kalekeyeva Zibira Jumabayevna
Barcha ishtirokchilarga — mardlik va jamoaviy ruh uchun katta rahmat. G'oliblarga esa tabriklaymiz!
Bizda sport an'analari davom etaveradi.