Xorazm viloyati, Urganch shahri aholisi va tadbirkorlarini ochiq muloqotga taklif qilamiz!

Uchrashuv 15-sentabr kuni soat 10:00 da Xorazm viloyati, Urganch shahri, Pahlavon Mahmud ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan IT Park binosida bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqot davomida AloqaBank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari O‘roqov Jo‘rabek To‘ymurodovich tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar bevosita o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Uchrashuvda yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yoshlar dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ham tegishli ko‘mak beriladi.

Muloqot davomida tadbirkorlar nafaqat moliya va kredit masalalari, balki bank faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan, tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan boshqa muammo va takliflar yuzasidan ham murojaat qilishlari mumkin.