Mijozlarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2025 yil yakuni munosabati bilan xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha amaliyotlar Bankning Hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlari (HKXKM) hamda Kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlari (KXKM) tomonidan 2025-yil 30-dekabr kuniga qadar quyidagi tartibda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari bo‘yicha oxirgi xizmat ko‘rsatish sanalari:
- Western Union: 26-dekabr kuniga qadar;
- MoneyGram: 30-dekabr kuniga qadar;
- Ria Money Transfer: 30-dekabr kuniga qadar;
- Zolotaya Korona: 30-dekabr kuniga qadar;
- Azia Express: 30-dekabr kuniga qadar.
Ko‘rsatilgan sanalardan so‘ng xizmatlar vaqtincha to‘xtatiladi hamda keyingi ish kuni ya’ni 05.01.2026 yildan boshlab odatdagi tartibda qayta tiklanadi.