Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani aholisi va tadbirkorlarini ochiq muloqotga taklif qilamiz.
Uchrashuv 17-sentabr kuni soat 11:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, Mo‘ynoq MFY binosida bo‘lib o‘tadi.
Ochiq muloqot davomida AloqaBank Boshqaruv Raisining o‘rinbosari O‘roqov Jo‘rabek To‘ymurodovich tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar bevosita o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Uchrashuvda yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yoshlar dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish masalalari bo‘yicha ham tegishli ko‘mak beriladi.
Muloqot davomida tadbirkorlar nafaqat moliya va kredit masalalari, balki bank faoliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ularni qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan ham murojaat qilishlari mumkin.