Ijtimoiy tarmoqlarda bank markazlarida mijozga xizmat ko‘rsatish jarayoni yuzasidan bildirilgan fikrlar AloqaBank rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Bank uchun mijozlarning har bir murojaati muhim bo‘lib, xizmat sifati va xodimlarning muomala madaniyati doimo diqqat markazida turadi.

Mazkur holat bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelgan noqulayliklar uchun mijozdan uzr so‘raymiz. AloqaBank jamoasi mijozlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish, bank markazlarida kutish vaqtini qisqartirish va xizmat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Har bir mijozning taklifi va e’tirozi biz uchun muhim bo‘lib, ular bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.