Hurmatli Zoomrad mobil ilovasi mijozlari!

Elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan kutilmagan uzilish bizning serverlarimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu sababli, 22-mart kuni mobil ilova faoliyatida vaqtincha uzilishlar yoki uning noto‘g‘ri ishlashi kuzatildi.

Hozirda texnik jamoamiz yuzaga kelgan barcha muammoni bartaraf etib, zarur choralar ko‘rilgan. Kutilmaganda yuzaga kelgan bunday holat uchun qattiq afsusdamiz.

Sizning moliyaviy ma’lumotlaringiz himoyasi har doim bizning ustuvor vazifamizdir va biz ularning maxfiyligini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Mablag‘laringiz yoki ma’lumotlaringiz xavfsizligi haqida tashvishlanishga aslo hojat yo‘q.

Shuningdek, ushbu vaziyat bilan bog‘liq vaqtinchalik noqulayliklar uchun mijozlarimizdan uzr so‘raymiz. Vaziyatni toʻgʻri baholab, bizni tushunganingiz uchun rahmat!