AT “AloqaBank”da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish Ommaviy oferta shartnomasi orqali amalga oshirilishini ma’lum qilamiz. Ushbu ommaviy oferta shartnomasi bilan shu sahifa orqali tanishishingiz mumkin.
Ommaviy oferta shartnomasining afzalliklari:
- Qulaylik va soddalik: birgina ommaviy oferta shartnomasi orqali bir nechta bank xizmatlari ko’rsatiladi.
- Vaqt tejash: Har bir bank xizmati uchun alohida shartnoma tuzish talab etilmaydi.
- Universallik: Ommaviy oferta shartnomasi orqali yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga turli xil bank xizmatlari ko’rsatiladi.
AT “Aloqabank” mijozi bo‘lish istagini bildirgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga -avgustdan Ommaviy oferta shartnomasi orqali bank xizmatlari ko‘rsatiladi.