Avval xabar berilganidek, AT “Aloqabank”ga tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘p qavatli biznes markazining (bundan buyon matnda “Aktiv”/“Biznes markazi” deb yuritiladi) xalqaro ommaviy savdolar orqali sotilishi to‘g‘risida e’lon qilingan edi.

Mazkur Biznes markazini ilg‘or xorijiy tajriba asosida boshqarish hamda foydalanish malakasiga ega sohadagi xalqaro yirik institutsional va moliyaviy investorlarni jalb qilish, mulkiy majmualarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xalqaro sotish jarayonini amalga oshirish, shuningdek jahon yetakchi biznes nashrlari va xalqaro ofis tarmoqlari orqali keng qamrovli marketing kampaniyasini tashkillashtirish uchun “KPMG” kompaniyasi (bundan buyon matnda “KPMG” deb yuritiladi) jalb qilingan.

Savdo jarayonining dastlabki bozordagi qiziqishni o‘rganish (Market sounding) bosqichi doirasida KPMG tomonidan Biznes markazi to‘g‘risida tayyorlangan investision tizerlar sohadagi 170 dan ortiq yirik xalqaro va mahalliy investorlarga yuborilib, individual muloqotga kirishish orqali ularning Biznes markazlarni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli ya’ni binoni to‘liq sotib olish yoki lotlarga bo‘lgan holda sotib olish bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

“Market sounding” doirasida sohadagi salohiyatli investorlarning Biznes markazining sotib olishga bildirgan qiziqishlarini, sotishga yondashuv mexanizmi bo‘yicha bildirgan fikrlarini, sohadagi xalqaro investorni jalb qilish imkoniyatlarini inobatga olib, Biznes markazi yaxlit mulkiy majmualar sifatida sotiladi.

Biznes markazi to‘g‘risida ma’lumot:

AT “Aloqabank”ning ko‘p qavatli binosi

•        Umumiy maydoni: 81,439 kv.m.;

•        Qavatlarning umumiy soni: 26

Sotish jarayoni to‘g‘risida:

Savdo jarayonlari barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan muzokaralarga ommaviy taklif etish usuli orqali amalga oshiriladi.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan Sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest), hamda Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlari.

Shu bilan birga, Biznes markazini baholash uchun “Katta to‘rtlik” (Big 4) turkumiga kiruvchi “Deloitte” xalqaro kompaniya jalb etiladi.

Sotish jarayonining joriy bosqichini amalga oshirish to‘g‘risida:

Qiziqish bildirish bosqichida ishtirokchilardan quyidagi ma’lumotlar bilan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari so‘raladi:

1.   Ishtirokchi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (shu jumladan, STIR, faoliyat turi) va sotib olingan taqdirda Aktivdan foydalanish rejalari.

2.   Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ta’sischilar (egalik ulushi ko‘rsatilgan holda) va yakuniy benefisiarlar to‘g‘risida ma’lumotlar;

3.   Oxirgi 3 yilgi faoliyati bo‘yicha moliyaviy hisoboti

Talabgorlar qiziqish bildirishi to‘g‘risidagi arizalarini xohishlariga ko‘ra o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab 2024 yil 9 sentyabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi aloqa kanallariga yuborishlari lozim:

Ushbu e’londan so‘ng, Konsultant yanada ko‘proq salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, KPMG xalqaro aloqalari orqali investisiya tizerlarini tarqatish orqali marketing kampaniyasini davom ettiradi.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • Biznes markazining sotib olish uchun yetarli moliyaviy resurslari;
  • sotuv jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik, arbitraj yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a’zolaridan hech biri) va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan kompaniya bo‘lmasligi kerak;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a’zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov ob'ekti/(lar) bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium a’zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib o‘tilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid bo‘lgan har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biron bir sho‘ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi lozim.

Arizalarni qabul qilish tugallangandan so‘ng, Konsultant tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat (Process Letter) orqali keyingi jarayonning navbatdagi bosqichini tashkil etish to‘g‘risida individual ravishda xabardor qilinadi.

Ushbu loyiha doirasida qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Sotish jarayonining kelgusi bosqichlari to‘g‘risida:

Keyingi Majburiyatga ega bo‘lgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tgan potensial investorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanadi va majburiyatga ega bo‘lgan tijorat takliflarini tayyorlash uchun Aktiv faoliyati to‘g‘risidagi KPMG tomonidan tayyorlangan kompleks tahliliy ma’lumotlar (Due-diligence) saqlanadigan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish ta’minlanadi. Shuningdek, Biznes markazlariga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.

Sotuv jarayonlarining har bir bosqichi to‘g‘risida jamoatchilikni qo‘shimcha tarzda xabardor qilib borilishini ta’minlaydi.