
Hurmatli bank mijozlari!
Bankning barcha omonat turlari bo‘yicha foiz stavkalaridagi muhim o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz. Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 25-iyuldagi qaroriga binoan asosiy stavka (qayta moliyalashtirish stavkasi) 0,5 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foizdan 13,5 foiz darajasida belgilandi. Shu munosabat bilan “Joziba”, “Joziba plyus” va “Farovon kelajak” (kopilka) omonat turlarining foiz stavkalari ham mos ravishda o‘zgardi.
Omonat turlari va foiz stavkalari:
Omonat nomi |
Muddati |
Foiz stavka |
|
26.07.2024y.gacha |
26.07.2024y.dan |
||
"Joziba" |
3 oy |
18% (QMS*+4) |
17.5% (QMS*+4) |
6 oy |
19% (QMS*+5) |
18.5% (QMS*+5) |
|
"Joziba plyus" |
3 oy |
18% (QMS*+4) |
17.5% (QMS*+4) |
6 oy |
19% (QMS*+5) |
18.5% (QMS*+5) |
|
“Farovon kelajak” (kopilka) |
1-36 oy |
16% (QMS*+2) |
15.5% (QMS*+2) |
Izoh:
-
QMS* - Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi.
-
(QMS+%) – omonat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasiga teng bo‘lgan foiz stavkasi + %. Qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgargan taqdirda, omonat bo‘yicha foizlar ham shu shartlarga mos ravishda o‘zgaradi.