AT “Aloqabank” Boshqaruvi yig‘ilishining 2022-yil 8-iyundagi 237-sonli bayoni bilan tasdiqlangan va 771-son bilan ro‘yxatga olingan “Bank xizmatlari uchun tariflar”ning 2-ilovasi “Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari uchun tariflar” (bundan buyon matnda “Tariflar” deb yuritiladi)ga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

            I. Tariflarning “II. Kreditlash bo‘yicha amaliyotlar” bo‘limining 2.2-band quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin:

T./r.

Bank xizmatlari (amaliyotlari) turlari

To‘lov obyekti

Tarif stavkasi

II. Kreditlash bo‘yicha amaliyotlar

2.2.

Muddati o‘tgan asosiy qarzdorlik uchun oshirilgan foiz stavkasi

muddati o‘tgan asosiy qarz qoldig‘i

kredit foizining 1,5 barobari miqdoridagi yillik stavkada

          II. Tariflarning “II. Kreditlash bo‘yicha amaliyotlar” bo‘limining 2.3-bandi bekor qilinsin.

Tariflarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2025-yil 15-iyuldan kuchga kiradi