“Sello coin” elektron pullar tizimida elektron pullarni chiqarish faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida

AT “Aloqabank” (Emitent) va “Marketplace trading” AJ (Operator) o‘rtasida tuzilgan 2024-yil 29-oktabrdagi EC-365-sonli shartnomaga muvofiq “Sello coin” elektron pullar tizimida elektron pullarni emissiya qilish va muomalada bo‘lish faoliyati tugatilganligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 3231, 2020-yil 29-aprel) asosan:

  • Elektron pullar egalariga ularning elektron hamyonlaridagi tegishli mablag‘larni qoplash bo‘yicha belgilangan muddat ichida murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.
  • Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng, elektron pullar egalari tomonidan qoplash bo‘yicha murojaat qilinmagan qoldiq mablag‘lar Emitent (AT “Aloqabank”) tomonidan majburiy ravishda qoplanadi hamda belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning talab qilib olguncha saqlanadigan maxsus hisobvaraqlariga kirim qilinadi.

Bundan tashqari, AT “Aloqabank” tomonidan ushbu elektron pullar tizimi bo‘yicha murojaat qilish muddati 30 kalendar kun etib belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Murojaat va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun kontaktlar:

  • Murojaat uchun tel:
    • AT “Aloqabank” (+99871) 230-77-77
    • “Marketplace trading” AJ (Sello): (+99878) 113-09-00
  • Rasmiy veb-sayt: