Sizlarga Bank Boshqaruvining 2022-yil 8-iyunda 771-son bilan ro'yxatga olingan "Bank xizmatlari uchun tariflar"ning 1-ilovasi "Bank kartalari bo'yicha amaliyotlar"ga quyidagi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi haqida ma'lum qilamiz:


I. Tarifning "II. "HUMO" va "UZCARD" bank kartalari bo'yicha amaliyotlar" bo'limi "Bank kartasini to'ldirish'ning 4.4. b-bandi quyidagi yangi taxrirda bayon etilsin: 

t/r Bank xizmatlari (amaliyotlari) turlari To‘lov ob’ekti Tarif stavkasi
IV. BANK KARTALARI BO‘YICHA AMALIYOTLAR
“HUMO” VA “UZCARD” BANK KARTALARI BO‘YICHA AMALIYOTLAR
4.4. Bank kartasini to‘ldirish
b) AT “Aloqabank” ga tegishli bo‘lgan bankomatlar orqali boshqa bankda emissiya qilingan bank kartalariga naqd pul mablag‘larini kirim qilish summadan 1,0%

II. Tariflarga kiritilayotgan ushbu o'zgartirishlar o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan hamda ro'yxatga olingan kundan 10 kun muddat oʻtgandan so'ng boshlab kuchga kiradi.