Sizlarga 2026-yilning 14-fevral sanasidan Bank Boshqaruvining 2022-yil 8-iyunda №771-son bilan ro‘yxatga olingan «Bank xizmatlari uchun tariflar»ning (bundan buyon matnda “Tariflar” deb yuritiladi) 1-ilovasi “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari uchun tariflar”ning III. “Xorijiy valyuta bo‘yicha amaliyotlar” va VII. “Pul o‘tkazmalari bo‘yicha amaliyotlar” bo‘limlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiganligini ma’lum qilamiz. O'zgarishlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz uchun havola.
Tariflarga kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hamda ro‘yxatga olingan kundan 10 kun muddat o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.
4 Fev 2026