Hurmatli AloqaBank mijozlari va Visa karta foydalanuvchilari!

2025-yil 12-avgust kuni soat 00:00 dan 04:00 gacha bank tizimida rejalashtirilgan texnik ishlar olib boriladi. Shu sababli, ushbu vaqt oralig‘ida Visa bank kartalaridan foydalanish vaqtincha imkonsiz bo‘ladi.

Quyidagi noqulayliklarning oldini olish maqsadida, 12-avgust soat 00:00 gacha zarur to‘lov va operatsiyalarni amalga oshirib olishni tavsiya etamiz.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.