HURMATLI ALOQABANK MIJOZLARI VA TADBİRKORLAR!

AloqaBank mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda bank dasturiy ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida, muomaladagi to‘lov terminallarini inventarizatsiyadan o‘tkazganligini ma’lum qiladi.

Bank Bosh ofisi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, mijozlarga foydalanish uchun berilgan ayrim terminallarda uzoq muddat davomida savdo aylanmasi (oborot) mavjud emasligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan, shu yilning 15-iyulidan boshlab uzoq muddatdan beri ishlatilmayotgan hamda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan quyidagi to‘lov terminallari bankning ABT dasturida yopilishini ma’lum qilamiz:

Uzcard: PAX S90 modellar;

Humo: Ingenico Move 2500/3500, Desk 3500, IPP320, LANE3000, Smart One BANK PRO modellar.

Eslatma! Mazkur o‘zgarishlar faqat uzoq muddat davomida aylanmasi bo‘lmagan va texnik jihatdan eskirgan terminallarga taalluqlidir.

Agarda sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa yoki zamonaviy, uzluksiz ishlovchi yangi to‘lov terminallarini olish istagi bo‘lsa, bankimizning Hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazlariga (HKXKM) yoki 24/7 xizmat ko‘rsatuvchi Aloqa markazimizga murojaat qilishingiz mumkin.

????Aloqa markazi: +998 71 230-77-77