Bank xizmatlarining qaysi turida korrupsiya xavfi yuqori deb hisoblaysiz?

Tizimda korrupsiya holatlari sodir etilishining asosiy sabablari nimada?

Markaziy bank hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilish maqsadida shu kabi muhim savollar yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Bank iste’molchilari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilikni ushbu so‘rovnomada ishtirok orqali bank tizimida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha yanada samarali mexanizmlarni ishlab chiqish uchun hissa qo'shishga chaqiramiz!

So'rovnomada ishtirok etish uchun havola bu yerda.

Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.