“Zoomrad” mobil ilovasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va pul mablagʻlarini himoya qilish va onlayn operatsiyalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida bank kartasi sms xabarnomasi raqami bilan mobil ilova akkaunt raqami bir xil bo‘lgan taqdirdagina bank kartalarini mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtkazish mumkinligi belgilab qo'yilgan.
So‘ngi vaqtlarda fishing (firibgarlik) saytlar va ijtimoiy messenjerlar orqali yuborilayotgan soxta ilovalar orqali foydalanuvchilarning mobil raqamlariga yuborilayotgan bir martalik OTP (SMS yoki messenjer orqali keluvchi kod)larni o'zlashtirish holatlari ortib borayotganligi, shuningdek, firibgarlar tomonidan mazkur OTP kodlar yordamida boshqa shaxs nomidagi bank kartalarini mobil ilovaga qoʻshish, u orqali noqonuniy toʻlovlar, kredit amaliyotlari va mablagʻlarni oʻtkazish bo‘yicha amaliyotlarini amalga oshirish holatlari ko'payib borayotganligi kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, endilikda OTP kodlar orqali himoyalash tizimi zaiflashib borayotganligi hamda turdosh ilovalarda ham qo'shimcha xavfsizlik choralari qo'llanilib kelinayotganligini hisobga olgan holda mobil ilova xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida faqat mobil ilovadan identifikatsiyadan oʻtgan foydalanuvchining oʻz nomidagi bank kartalarini mobil ilovaga qo‘shish va ular orqali operatsiyalar amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo'yildi.
Shuningdek, mazkur talab doirasida qo'shimcha noqulayliklar kelib chiqayotganligi sababli, kelgusida ko'p foydalaniladigan bank xizmatlari yuzasidan qo'shimcha yengilliklar yaratib borish tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.