AT “AloqaBank” Qoraqalpog‘iston filiali faoliyati yuzasidan “Antikorruptsiya” telegram kanalida bildirgan e’tirozingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
-
Bank binosining birinchi qavatida joylashgan universal kassalarda jami 6 ta operator joyi mavjud bo‘lib, hozirda 5 nafar operator faoliyat yuritmoqda. Shu kunlarda bir nafar operator mehnat ta’tilida, yana bir nafari esa Kegeyli tumanidagi “Xalqobod” KXKMda xizmat safarida bo‘lgani sababli vaqtinchalik ish joyida bo‘lmagan.
-
2025-yil 8-sentyabr kuni kassa bo‘limida 3 nafar operator xizmat ko‘rsatgan. Shu kunlarda mijozlar oqimi ko‘paygani sababli ayrim vaqtda navbat kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Mijoz soat 12:39 da murojaat qilgan va shu paytda operatorlardan biri tushlik tanaffusida bo‘lgan, qolgan ikki nafar xodim xizmat joyida bo‘lgan.
-
Bank binosi 2013-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirda bino ichki qismini yangilash bo‘yicha ta’mirlash loyihasi ishlab chiqilmoqda va yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.
Bankimiz mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun tizimli nazorat o‘rnatilganini ma’lum qilamiz.