Xabarnoma

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlari diqqatiga! Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida.
(masofadan)

Sizni, 2023 yil 27 iyun kuni soat 10:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo‘lib o‘tadigan AT «Aloqabank» aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  • 1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
  • 2. AT «Aloqabank»ning 2022 yil ish faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.
  • 3. AT «Aloqabank»ning 2022 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2023 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi bank boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.
  • 4. AT «Aloqabank»ning 2022 yil ish faoliyati yakuni bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.
  • 5. AT «Aloqabank»ning yillik hisoboti, milliy standartlar bo'yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.
  • 6. AT «Aloqabank»ning 2022 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
  • 7. AT «Aloqabank»ning 2023 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
  • 8. AT «Aloqabank» keyingi aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishigacha affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash.
  • 9. AT «Aloqabank»da 2022 yil yakunlari bo‘yicha o'tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  • 10. Bank boshqaruvi ixtiyoridagi jamg‘arma faoliyatini tugatish.
  • 11. Aktsiyadorlik tijorat «Aloqabank» «Kuzatuv kengashi to'g'risida»gi Nizomga ozgartirish va qo'shimchalar kiritish.
  • 12. AT «Aloqabank»ning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o'zgartirishlarni tasdiqlash.

AT «Aloqabank» Kuzatuv Kengashining 2023 yil 5 iyundagi yig‘ilishi qaroriga asosan aktsiyadorlarni yillik umumiy yig'ilish o‘tkazilishi haqida habardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2023 yil 5 iyun. Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2023 yil 21 iyun.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish Internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2023 yil 27 iyun soat 9:00 da boshlanib 10:00 da to'xtatiladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.