BILDIRISHNOMA
Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2026-yil 3-iyundagi 021-sonli bayoniga asosan, bank tomonidan 845 256 750 000 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarildi. Mazkur chiqarilish 2026-yil 16-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan P0021–32-son bilan roʻyxatga olindi. Aksiyalarning joylashtirish narxi bir donasi uchun 1 (bir) soʻm etib belgilangan.
Imtiyozli huquqdan foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, 2026-yil 3-iyun holatiga bankning ovoz beruvchi oddiy aksiyalariga ega boʻlgan aksiyadorlar ushbu qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalarni oʻzlariga tegishli aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda, belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.
Aksiyalar sonini aniqlash tartibi
Aksiyadorlar sotib olishga haqli boʻlgan aksiyalar soni quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bunda:
▪ А – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi mavjud oddiy aksiyalari soni;
▪ B – aksiyador tomonidan imtiyozli huquq asosida sotib olinadigan yangi oddiy aksiyalar soni.
Eslatma: Hisoblash natijasida verguldan keyingi qoldiq son 5 va undan yuqori boʻlsa – katta tomonga (butun songacha), 5 dan kam boʻlsa – kichik tomonga qarab yaxlitlanadi.
Toʻlov va hujjatlarni topshirish shartlari
Toʻlov shakli: Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida (soʻmda), naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Amal qilish muddati: Imtiyozli huquq 2026-yil 17-iyundan 26-iyungacha (26-iyun kuni ham) amal qiladi.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyadorlar oʻz huquqlarini toʻliq yoki qisman amalga oshirish uchun bankning Bosh ofisiga yozma shakldagi ariza va toʻlov hujjatini taqdim etishlari lozim. Arizada aksiyadorning ismi-sharifi (nomi), yashash joyi (yuridik manzili) va sotib olinadigan aksiyalar soni aniq koʻrsatilishi shart.
Bank rekvizitlari va manzili
▪ Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, “Olmazor” MFY, Oʻqchi koʻchasi, 2-uy.
▪ Tranzit hisobraqam: 29803000700000401032
▪ Bank nomi: Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”
▪ Bank kodi: 00401
▪ Bank STIRi: 200829053
▪ Maʼlumot uchun telefon: +998 (71) 232-83-67