AloqaBankda pul oʻtkazmalari toʻliq onlaynga oʻtmoqda!
Hurmatli mijozlar! Bank xizmatlarini raqamlashtirish hamda mijozlarimizga yanada tezkor va zamonaviy masofaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida, 2026-yil 13-iyuldan boshlab AloqaBankning barcha Hududiy kompleks xizmatlar koʻrsatish markazlari va universal kassalari orqali xalqaro va mahalliy pul oʻtkazmalari tizimlari orqali pul joʻnatish va qabul qilish toʻliq toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.
Ushbu xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlaridan bankning Zoomrad mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda, onlayn tarzda qulay va xavfsiz foydalanishda davom etishingiz mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Biz siz uchun eng qulay raqamli yechimlarni yaratishda davom etamiz!