30 Iyul 2026
AloqaBank korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni oshirish bo‘yicha 1-yarim yillik natijalari
AloqaBank tizimida shaffoflikni taʼminlash va komplayens nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan asosiy ishlar:
- 730 dan ortiq kontragent xaridlar doirasida tekshirildi;
- 1 848 ta manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi topshirildi;
- 1 000 dan ortiq xodim o‘qitildi;
- 55 ta mahsulot ekspertizadan o‘tkazildi;
- 15 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, 4 ta mehnat shartnomasi bekor qilindi;
Raqamlashtirish. Kreditlarni avtomatik baholash (Skoring), Face ID identifikatsiyasi hamda ZOOMRAD va Aloqa-biznes ilovalarida "Fikr bildiring" qayta aloqa kanali yo‘lga qo‘yildi.
ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik ko‘rish kelgusi ustuvor vazifa hisoblanadi.
