AloqaBank biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga faktoring xizmatini taklif etmoqda.

Bu xizmat orqali mijozlar o‘z mablag‘larini erta olish imkoniga ega bo‘lib, moliyaviy oqimlarini yanada samarali boshqarishlari mumkin. Faktoring, ayniqsa, vaqt va likvidlikka ehtiyoj sezadigan tadbirkorlar uchun qulay yechim bo‘lib xizmat qiladi.

Xizmat turlari:

  • Mahalliy faktoring: Miqdori — shartnomaga asosan; Diskont foiz stavkasi — 6,5%; Muddati — 90 kungacha. Valyuta turi — so`mda
  • Eksport uchun faktoring: Miqdori — shartnomaga asosan; Diskont foiz stavkasi — 7,0%; Muddati — 180 kungacha. Valyuta turi — AQSh dollarida
  • Oziq-ovqat va meva-sabzavot eksporti uchun faktoring: Miqdori — shartnomaga asosan; Diskont foiz stavkasi — 6,6%; Muddati — 180 kungacha. Valyuta turi — AQSh dollarida

Faktoring xizmatidan foydalanish uchun qo‘shimcha talablar:

  • Doimiy pul oqimi: Mijoz korxonaning barqaror moliyaviy oqimga ega bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, kredit xavfini kamaytirishga yordam beradi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
  • AloqaBankda hisobraqam mavjudligi: Xizmatdan foydalanish uchun mijozning hisob raqami AloqaBankda ochilgan bo‘lishi lozim.
  • Milliy va xorijiy valyutalarda mablag‘ ajratilishi: Faktoring mablag‘lari milliy va xorijiy valyutada taqdim etiladi.
  • To‘lovchining muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi: Faktoring xizmatidan foydalanish uchun to‘lovchi tashkilotda muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emasligi talab qilinadi.