Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga! Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida. Xabarnoma (masofadan)
Sizni, 2025 yil 16 dekabr kuni soat 10:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo'lib o'tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishiga taklif etamiz.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
- AT «Aloqabank»ning joylashgan yerini (pochta manzilini) o‘zgartirish.
- AT «Aloqabank» Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
- «Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi Nizomga qo‘shimchalar kiritish.
- AT «Aloqabank»ning Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va yangi tarkibni saylash.
- AT «Aloqabank»ning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
AT «Aloqabank» Kuzatuv kengashi yig‘ilishining 2025 yil 21 noyabrdagi qaroriga asosan Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025 yil 21 noyabr. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2025 yil 10 dekabr.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2025 yil 16 dekabr soat 09:00 da boshlanib 10:00 da to‘xtatiladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.