AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi 92-sonli yig'ilish bayoniga asosan 500 000 000 000 (besh yuz milliard) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2024-yil 11-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida P0021-30 – son bilan ruyxatga olinganligini ma'lum qiladi. AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashining 2024 yil 11-dekabrdagi 95-sonli yig'ilish bayoniga asosan bir dona aksiyaning joylashtirish narxi 1 (bir) so'm miqdorida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi "aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga asosan 2024-yil 3-dekabr holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lgan aksiyadorlar ushbu qo'shimcha chiqarilgan aksiyalarni o'zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega. Bank aksiyadorlari olishga xaqli bo'lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
A / 2 014 533 046 965 = B
500 000 000 000 * B = C
Bunda: 2 014 533 046 965 – bank ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;
500 000 000 000 – qo'shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarning umumiy soni;
A – aksiyadorning bank ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;
B – bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni;
C – imtiyozli xuquq qo'llanilganda aksiyador tomonidan sotib olinadigan oddiy aksiyalar soni.
Aniqlash davomida qoldiq hosil bo'lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq bo'lsa, ko'paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo'lsa kamaygan tomonga butlanadi.
Aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar uchun to'lovlar pul mablag'lari bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2024-yilning 11-dekabrdan boshlab 2024-yil 20-dekabrga qadar qo'llanilishini ma'lum qilamiz. Imtiyozli huquqqa ega bo'lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to'g'risida o'zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan eri), o'zi oladigan aksiyalar soni ko'rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to'laganlik to'g'risidagi hujjatni bankning Bosh ofisiga 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Navnihol MFY, Tepamasjid ko'chasi, 4-uyga taqdim etish orqali o'z imtiyozli huquqini to'liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin. Ma'lumot uchun telefon: 71-232-83-67.