AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashining 2025 yil 19 maydagi 57-sonli yig'ilish bayoniga asosan 700 000 000 000 (yetti yuz milliard) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2025 yil 11 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida R0021-31 – son bilan ro'yxatga olinganligini ma'lum qiladi.

AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashining 2025 yil 11 iyundagi yig'ilish bayoniga asosan bir dona aksiyaning joylashtirilish narxi 1 (bir) so'm miqdorida belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga asosan 2025 yil 19 may holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo'lgan aksiyadorlar ushbu qo'shimcha chiqarilgan aksiyalarni o'zlarga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Bank aksiyadorlari olishga haqli bo'lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A / 2 514 533 046 965 = B

700 000 000 000 * B = C

Bunda:
2 514 533 046 965 – Bank ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;
700 000 000 000 – qo'shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarning umumiy soni;
A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;
B – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni;
C – imtiyozli huquq qo'llanilganda aksiyador tomonidan sotib olinadigan oddiy aksiyalar soni.

Aniqlash davomida qoldiq hosil bo'lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq bo'lsa, ko'paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo'lsa kamaygan tomonga butlanadi.

Aksiyalar uchun to'lovlar O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar uchun to'lovlar pul mablag'lari bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish 2025 yilning 12 iyundan boshlab 2025 yil 21 iyunga qadar qo'llanilishini ma'lum qilamiz.

Imtiyozli huquqqa ega bo'lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to'g'risida o'zining ismi-sharifi (nomi) va yashaash joyi (joylashgan eri), o'zi oladigan aksiyalar soni ko'rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to'laganligi to'g'risidagi hujjatni bankning Bosh ofisiga 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Navnihol MFY, Tepamasjid ko'chasi, 4-uyga taqdim etish orqali o'z imtiyozli huquqini to'liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: 71-232-83-67