Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga! Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida. XABARNOMA (masofadan)

Sizni, 2025 yil 27 iyun kuni soat 10:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo'lib o'tadigan AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishiga taklif etamiz.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank”ning 2024 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.
  3. AT “Aloqabank”ning 2024 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2025 yildagi ustuvor vazifalari to'g'risidagi bank Boshqaruvi Raisi hisobotini tasdiqlash.
  4. AT “Aloqabank”ning 2024 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha Xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.
  5. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti bo'yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.
  6. AT “Aloqabank”ning 2024 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha olgan sof foydasini taqsimlash.
  7. AT “Aloqabank”ning 2025 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha Xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
  8. AT “Aloqabank” keyingi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishigacha affiliangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash.
  9. AT “Aloqabank”da 2024 yil yakunlari bo'yicha o'tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko'rib chiqish.
  10. AT “Aloqabank”ning tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o'zgartirishlarni tasdiqlash.
  11. “AT “Aloqabank”ning Manfaatlar to'qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solish to'g'risida”gi Nizomni tasdiqlash.
  12. “AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining 2022 yil 27 apreldagi 1-son bayonnomasiga 1-ilovasida tasdiqlangan “Samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari (KPI)ni qo'llash tartibi”ni bekor qilish.

AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashi yig'ilishining 2025 yil 4 iyundagi qaroriga asosan Aksiyadorlarni yillik umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025 yil 4 iyun. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2025 yil 23 iyun.

Yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2025 yil 27 iyun soat 09:00 da boshlanib 10:00 da to'xtatiladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so'rov yuborishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67.

Boshqaruv Raisi v.b. K.Irisbekova