Karta haqida
Kobeydj karta – UzCard va UnionPay toʻlov tizimlarining hamkorlikdagi kartasi boʻlib, undan har ikkala toʻlov tizimining infrastrukturasida foydalanish mumkin. Kobeydj karta milliy valyutadagi (soʻm) yagona hisobraqamga bogʻlangan boʻlib, soʻmni AQSh dollariga bir zumda avtomatik ravishda konvertatsiya qilinishi evaziga uning saqlovchisiga dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Kobeydj kartalarining afzalliklari:
- Oʻzbekiston va dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida foydalanish imkoniyati;
- Xorijiy valyutada toʻlovlar amalga oshirilayotganida milliy valyutadagi mablagʻlarning avtomatik tarzda konversiya qilinishi;
- Kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish – NFC, koʻp bosqichli himoya tizimi;
- Aloqa Busines va mobil ilovalarga ulash imkoniyati;
- UnionPay infratuzilmasining barcha imtiyozlaridan bahramand boʻlish.