AT «Aloqabank» oʻz mijozlariga, yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin toʼlov talabnomalari boʼyicha haqi toʼlanmagan toʼlovni olish uchun faktoring xizmatini taqdim etadi.
Faktoring - Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish xizmati. U yetkazib beruvchilarga mahsulot yoki xizmatlarni yetkazib bergandan so‘ng, buyurtmachidan (Xaridor) to‘lov muddatining tugashini kutmay, darhol haq olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun:
| № | Koʻrsatkichlar | Asosiy shartlari |
|---|---|---|
| 1 | Faktoring muddati | 30 kundan - 90 kungacha |
| 2 | Diskont foiz stavkasi | 2,5%dan 6,5%gacha |
| 3 | Faktoring miqdori: | Shartnomaga muvofiq |
| 4 | Xizmat turidan foydalanuvchilar (Mijoz - yetkazib beruvchi) | Yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lishi mumkin. (AT "Aloqabank"da asosiy va/yoki ikkilamchi hisobvaraq ochgan bo‘lishi lozim) |
| 5 | To‘lovchilar | Yuridik shaxslar bo‘lishi lozim. (AT "Aloqabank"da asosiy va/yoki ikkilamchi hisobvaraq ochgan bo‘lishi lozim. To‘lovchilar reyestri shakllantiriladi va platformaga kiritiladi) |
| 6 | Faktoring maqsadi | Yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin to‘lov talabnomalari bo‘yicha haqi to‘lanmagan to‘lovni olish. (regress huquqisiz va regress huquqi bilan) |
| 7 | Faktoring ta’minoti |
Sotib olinayotgan debitorlik qarzi taqdim qilinadi. Shuningdek, qo‘shimcha ta’minot sifatida:
|
| 8 | Mijoz tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlar | Ariza |
| Schet-faktura | ||
| Shartnomalar | ||
| Akt-sverka | ||
| Faktoring xizmatidan foydalanuvchi mijoz ta’sischilarining yoki vakolatli organining faktoring xizmatidan foydalanish bo‘yicha rozilik qarori | ||
| Yetkazib beruvchi hamda To‘lovchining faoliyati va moliyaviy holatini o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar (elektron tartibda olib o‘rganiladi) |