Depozit haqida
AT «Aloqabank» vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaringizni yuqori foyda olish sharti bilan bankka joylashtirishni tavsiya etadi. Bankka qoʻyilgan mablagʻlaringizning saqlanishi va daromad keltirishini kafolatlaymiz. Daromadlar foydasi qoʻyilgan mablagʻ summasi va muddatlarga bevosita bogʻliq.
Depozit uchun qulayliklar:
- korxonangizning vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridan yuqori va barqaror daromad olish;
- pul mablagʻlarini Siz uchun qulay boʻlgan muddatlarga joylashtirish imkoniyati;
- depozitning muddati va undan olinadigan foyda shartnomada qayd etiladi va bir tomonlama oʻzgartirilishi mumkin emas;
- depozitning qaytarilishi kafolatlanadi.
Depozitning asosiy shartlari:
- depozitga mablagʻ qoʻyish faqat yuridik shaxsning hisob raqamidan naqd pulsiz pul oʻtkazish yo'li bilan amalga oshiriladi;
- pul mablagʻlari milliy va chet el valyutasida qabul qilinadi;
- depozitning muddati tugagandan soʻng depozit summasi va unga hisoblangan foizlar bank depoziti shartnomasida koʻrsatilgan rekvizitlariga oʻtkaziladi.
Muddati | Yillik foizi | min. (soʻm) | max. (soʻm) |
91-365 kun | 14% | 100 mln. | cheklanmagan |
366 kundan ortiq | 15% |
Depozitni ochish tartibi:
- Depozit yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz koʻrinishda, pul oʻtkazish yoʻli bilan milliy valyuta, soʻmda ochiladi.
Foiz hisoblanishi va toʻlanishi:
- Depozit uchun foizlar har oyda bir marta, oxirgi bank ish kunida va depozitni qaytarish sanasida mijozning shartnomada koʻrsatilgan hisobraqamiga o’tkazib beriladi.
Depozitni muddatidan oldin qaytarib olish:
- Depozit muddatidan avval mijoz tomonidan bankni 1 oy oldin yozma ravishda ogohlantirish sharti bilan toʻliq qaytarilishi mumkin. Bunda muddatidan oldin qaytarilgan depozit uchun to’langan foizlar qayta hisob-kitob qilinadi (3 oygacha muddatdan oldin qaytarilganda 0%, 3 oydan keyin muddatidan oldin qatarilganda 12%). Ortiqcha toʻlangan foizlar depozitning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Depozit shartnomasi tuzish uchun ariza (agar mijoz bankda identifikatsiya qilinmagan bo’lsa, identifikatsiya uchun zarur barcha hujjatlarni xam taqdim etadi).
Depozitga qoʻshimcha mablagʻlar qoʻyilishi mumkin.