Ishga qabul qilish chog'ida talab etiladigan hujjatlar

Asosiy vazifalar

  • Bank tizimida Xalqaro sanksiyalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladiga ishlarda qatnashish;

  • Tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;

  • Mijozlarni va xorijiy hamkorlarini lozim darajada tekshirish bo‘yicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • Mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;

  • Xalqaro moliyaviy sanksiyalar ro‘yxatlarini doimiy ravishda shakllantirib borish;

  • Mijozlar, mijozlar nomidan harakat qiluvchi shaxslar, ta’sischilar, benefitsiar mulkdorlarni o‘rnatilgan tartibda xalqaro sanksiyalarga aloqadorligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalaridan kelib chiqib mijozlar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish bilan bog’liq qarorlar qabul qilinishini nazorat qilish;

  • Tashqi savdo shartnomalari tuzilganda, xorijiy hamkorlar, ularning benefitsiar mulkdorlari, xorijiy hamkor banklarini tegishli tartibda o‘rganish;

  • Bank tomonidan Xalqaro sanksiya talablariga rioya qilinishi yuzasidan ishlab chiqilgan tartib-tamoyillariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish ;

  • Sanksiya talablariga rioya qilinish bo‘yicha yakuniy va oraliq hisobotlarni tayyorlashda qatnashish;

  • Tijorat banklari uchun ijrosi majburiy bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda o‘rganib borish.


Talablar

  • Oliy ma’lumot darajasi;
  • Bank tizimi bo‘yicha kamida 3 yillik, shundan xorijiy valyutalar buxgalteriyasi, TIF (eksport va import), SWIFT tizimi, ichki nazorat (AML) va sanksiyaviy komplaens kabi yo’nalishlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni bilishi;

  • Bank balansi va mijoz operatsiyalarini tahlil qila olish;

  • Ichki nazorat qoidalari, sanksiya xatarlari va bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini lozim darajada bilish;

  • Yo`nalishga oid xalqaro standartlar (ICA yoki ACAMS) bo‘yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi;

  • Ingliz tilidan xalqaro sertifikatga ega bo’lish (Eng kamida B2 darajada;

  • Rus tilida erkin so‘zlashish;

Shartlar

  • Qulay va shinam ofis;
  • Lavozimda ko'tarilish uchun imkoniyat;
  • Yangi loyihalarni joriy qilish imkoniyati;
  • O'sish va rivojlanish uchun imkoniyat;
  • Ahil va professional jamoa;
  • Raqobatdosh ish haqi.

Ariza yuborish