Ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlar

Asosiy majburiyatlari:

  • Risk-menejment departamentining umumiy faoliyatini boshqarish;

  • departamentning barcha bo‘linmalari xodimlarining ish samaradorligini rejalashtirish va nazorat qilish;

  • bankda risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish, joriy etish, ishlatish va qo‘llab-quvvatlash;

  • bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;

  • bank risklarini boshqarish bo‘yicha metodologik va ichki normativ bazani, shu jumladan siyosat, metodika va tartib-qoidalarni ishlab chiqish va rivojlantirish;

  • metodologiyani takomillashtirish, asosiy risk ko‘rsatkichlari va risk darajasini cheklash limitlarini yangilash;

  • bank faoliyati risklarini boshqarish samaradorligi nuqtai nazaridan tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

  • bankdagi risklarni boshqarish tizimining holati va samaradorligi to‘g‘risida mustaqil xulosalar berish;

  • bank kapitalining yetarliligini baholash tartib-qoidalarini tashkil qilish va metodologik ishlab chiqish;

  • korporativ mijozlarning kredit qobiliyatini baholash uchun ichki reyting tizimini tashkil qilish va metodologik ishlab chiqish;

  • kredit riski bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni hisoblash va prognoz qilishni boshqarish (MFSO-9 va milliy standartlar bo‘yicha).


Talablar:

Ta’lim va malaka:
  • Ta’lim darajasi: moliya va iqtisod sohasida oliy ma’lumot.

  • Kasbiy malaka: FRM, CRM, CFA, ACCA yoki DipIFR xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish

Ish tajribasi:
  • bank-moliya sohasida jami 10 (o'n)yil ish tajribasi, shundan, bankning risklarni boshqarish bo‘linmasida kamida 5 (besh) yil ish tajribasi, shu jumladan rahbar lavozimida kamida 3 (uch) yil;

  • bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni bilish;

  • risklarni boshqarish bo‘yicha metodologik hujjatlarni ishlab chiqish tajribasi; 

  • kredit risklarini tahlil qilish uchun skoring modellarini ishlab chiqish tajribasi. 

Bilim va ko‘nikmalar:
  • kredit riski, bozor riski, likvidlik riski, operatsion risk va boshqa risk turlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar;

  • Basel tamoyillari, MHXS-9, stress-test va risklarni modellashtirishni bilish;

  • risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va kamaytirish tizimlarini qurish qobiliyati;

  • yangi usullar va vositalarni o‘zlashtirishga tayyorlik;

  • ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘zgarishlarni boshqarish ko‘nikmalari;

  • o‘zbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish;

  • shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qat’iyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, o‘rganuvchanlik.

  • Muloqot ko‘nikmalari:

  • bank rahbariyati, xodimlari va tashqi manfaatdor shaxslar bilan samarali muloqot qilish;

  • tahlil natijalarini aniq va qisqa shaklda taqdim etish va risklarni boshqarish bo‘yicha choralar taklif qilish.

  • Boshqaruv ko‘nikmalari: ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.

  • Texnik ko‘nikmalar:

  • kompyuterdan (MS Office: Word, Excel, PowerPoint, Access, Outlook), internetdan (Internet Explorer, Opera, Mozilla Firefox) va elektron pochta (Outlook Express)dan ishonchli foydalanuvchi; zamonaviy moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari bilan ishlash, axborot va texnologiyalarni boshqarishda yangi yondashuvlarni qo‘llash;

  • risklarni boshqarish jarayonlarida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qo‘llash (masalan, AI-ga asoslangan tahlil, jarayonlarni robotlashtirish).


Shartlari:

  • Qulay va zamonaviy ofis, markaziy lokatsiya; 
  • Lavozimda o‘sish va martaba rivoji uchun keng imkoniyatlar; 
  • Do‘stona va professional jamoa; 
  • Raqobatbardosh ish haqi – suhbat davomida kelishiladi.