-
Moliyaviy rejalashtirish:
-
Bankning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
Daromadlilik tahlili va investitsiya takliflarini o‘tkazish;
-
Pul mablag‘larini yo‘naltirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.
-
Pul mablag‘larini boshqarish:
-
Mavjud resurslarni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish;
-
Moliyaviy hisobot tayyorlash:
-
Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar uchun aniq va shaffof moliyaviy hisobotlarni ta'minlash;
-
Hisobotlarning xalqaro MHXS standartlariga muvofiqligi;
-
Moliyaviy intizomni yaxshilash bo‘yicha rahbariyatga tavsiyalar berish.
-
Risklarni boshqarish:
-
Potentsial moliyaviy risklarni aniqlash va baholash;
-
Risklarni kamaytirish uchun sug‘urta va xedjlash mexanizmlarini yaratish;
-
Aktivlarni diversifikatsiya qilish va optimal taqsimlash usullarini qo‘llash.
-
Soliq optimallashtirish:
-
Soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
-
Soliq organlari va auditorlik firmalari bilan maslahatlashish;
-
Bankni soliq nizolari va tekshiruvlarda vakillik qilish.
-
Bankning moliyaviy tizimlarini yaratish va takomillashtirish:
-
Moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish;
-
Samarali moliyaviy boshqaruv vositalarini joriy etish.
-
Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik:
-
Yuridik xodimlar, soliqchilar, auditorlar va maslahatchilar bilan hamkorlik;
-
Rahbariyat va xodimlarga doimiy ravishda dolzarb ma’lumotlar taqdim etish;
-
Muhim boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etish.
Talablar:
I. Ta’lim va malaka:
-
Ta’lim darajasi: moliya, iqtisod yoki buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot.
-
Kasbiy malaka: CIMA, ACCA, CFA, CIA xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish. •
-
amaliy tajriba: yirik moliya-kredit tashkilotlarida shu kabi lavozimlarda kamida 5 (besh) yillik kasbiy tajriba;
-
MHXS bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va auditorlik hamda regulyator organlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.
II. Bilim va ko‘nikmalar:
-
MHXS (shu jumladan, MHXS 9 - moliyaviy instrumentlar, kredit yo‘qotishlari bo‘yicha zaxira) va bank hisobotlarini puxta bilish;
-
moliyaviy tahlil va modellashtirish: hisobotlardagi ma’lumotlarni tez tahlil qilish, moliyaviy modellar qurish va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xulosalar chiqarish qobiliyati;
-
soliq va buxgalteriya bo‘yicha tajriba: qonunchilikni bilish va soliq bazasini optimallashtirish usullarini qo‘llash;
-
rejalashtirish va byudjetlashtirish: prognoz qilish, resurslarni taqsimlash, bank biznes-rejasini joriy etish va uning ijrosini nazorat qilish;
-
moliyaviy risklarni boshqarish: eng zaif joylarni aniqlash, stress-test o‘tkazish va moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilish;
-
muzokara ko‘nikmalari: hamkorlar, investorlar, auditorlar va davlat organlari bilan muloqot tajribasi;
-
investitsiya boshqaruvi:
-
loyihalarni baholash, NPV, IRR, EBITDA kabi investitsiya ko‘rsatkichlarini bilish;
-
IT tizimlari bilan ishlash:
-
BI hamda boshqa hisob va tahlilni avtomatlashtirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish.
-
Qo‘shimcha kompetensiyalar: buxgalteriya hisobi va audit tamoyillarini chuqur tushunish, soliq qonunchiligini bilish, moliyaviy tahlil va modellashtirish ko‘nikmalari.
-
Boshqaruv ko‘nikmalari: ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.
-
Texnik ko‘nikmalar: kompyuterdan (MS Office: Word, Excel, PowerPoint, Access, Outlook), internetdan (Internet Explorer, Opera, Mozilla Firefox) va elektron pochta (Outlook Express)dan ishonchli foydalanuvchi; zamonaviy moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari bilan ishlash, axborot va texnologiyalarni boshqarishda yangi yondashuvlarni qo‘llash.
-
Tillarni bilish: o‘zbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish.
-
Shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qat’iyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, o‘rganuvchanlik.
Shartlari:
- Qulay va zamonaviy ofis, markaziy lokatsiya;
- Lavozimda o‘sish va martaba rivoji uchun keng imkoniyatlar;
- Do‘stona va professional jamoa;
- Raqobatbardosh ish haqi – suhbat davomida kelishiladi.