-
Bankning risk-profilini inobatga olib, ichki nazorat (shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, komplayens-nazorat va boshqalar), tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimlarining samaradorligini va ularning to’g’ri yo’lga qo’yilganligini o’rganish.
-
biznes jarayonlar, ma’muriy va operasion jarayonlarning samaradorligini o’rganish.
-
axborot tizimlarining ishonchliligini, to’liqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik ta’minlanganligini o’rganish.
-
qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda bankning ichki hujjatlariga rioya etilishini o’rganish.
-
Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf etilganligini o’rganish.
-
aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish tizimi samaradorligini baholash;
-
aktivlar butligini o’rganish;
-
Bankning barcha operasiyalari va tizimlarida ichki nazorat samaradorligini baholash va takomillashtirish.
-
Audit jarayonlarini xalqaro ichki audit standartlari (IIA) va qonunchilik me’yorlarga muvofiq tashkil etish.
-
Audit xulosalari va tavsiyalarini topshirish, ularning ijrosini kuzatish va hisobot berish.
-
Bosh auditorga mustaqil va xolis axborot taqdim etish.
-
Bankning ichki hujjatlari, ichki nazorat va xatarlarini boshqarish tizimini muntazam tahlil qilish.
-
Moliyaviy, buxgalteriya, kredit, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi operasiyalarni tekshirish.
-
Ichki audit xizmati vakolatlari doirasida tashqi auditorlar, Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilinishini ta’minlash.
-
Lavozim yo’riqnomasida belgilangan boshqa vazifalar.
-
Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lishi;
-
bank va (yoki) moliya tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish, aktiv va passivlarni boshqarish, kreditlash, valyuta, pul muomalasi yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog’liq tarkibiy bo’linmalarning birida yoki bir nechtasida yoki tashqi auditor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasiga yoki CIA, CFA, CIPA, ACCA, CPA yoki DipIFR, CRM yoki FRM xalqaro sertifikatlariga ega bo’lishi;
-
Bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
-
Buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi
-
Axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olishi;
-
O’zbek tilida erkin yozma va og’zaki muloqot qila olishi;
-
Rus tilida yozma va og’zaki muloqot qila olishi (V2);
-
Ingliz tilida o’qib tushuna olishi (B1) afzallik beradi.
- Raqobatbardosh ish haqi
- Malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashish imkoniyati
- Shinam va qulay joylashgan ofis