27 Mar 2026
Ishga qabul qilish chog'ida talab etiladigan hujjatlar
Asosiy vazifalar
- Bankda karta biznesini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Karta biznesi blokiga kiruvchi bo'linmalar — protsessing markazi, karta mahsulotlarini ishlab chiqish bo'limi hamda karta biznesi savdosi va operatsion faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo'linmalar ishini boshqarish;
- Bank kartalari emissiyasi, ekvayring va karta xizmatlari bo'yicha umumiy biznes modelni shakllantirish va rivojlantirish;
- In-house protsessing markazi faoliyatining uzluksizligi, barqarorligi, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash;
- Visa, Mastercard, UnionPay va boshqa to'lov tizimlari bilan hamkorlikni yuritish, rivojlantirish va muzokaralarni olib borish;
- Yangi karta mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish va bozorda rivojlantirish;
- Chakana, ish haqi loyihalari, korporativ mijozlar, biznes segment va boshqa yo'nalishlar uchun karta mahsulotlari portfelini kengaytirish;
- Karta biznesi bo'yicha emissiya hajmi, aktiv kartalar soni, tranzaksiya hajmi, ekvayring aylanmasi, komissiya daromadlari va boshqa asosiy ko'rsatkichlarni oshirish;
- Karta mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha tarif siyosati, komissiyalar, marjinallik va P&Lni boshqarish;
- Ekvayring yo'nalishini rivojlantirish, savdo nuqtalari bilan ishlash, POS-terminal tarmog'ini kengaytirish va xizmat sifatini oshirish;
- Karta biznesi savdosi, mijozlarni jalb qilish, kartalarni chiqarish, yetkazib berish, faollashtirish, xizmat ko'rsatish va operatsion qo'llab-quvvatlash jarayonlarini takomillashtirish;
- Chargeback, dispute, fraud monitoring va karta xavfsizligi bilan bog'liq jarayonlarni boshqarish va takomillashtirish;
- Raqamli karta mahsulotlarini rivojlantirish, jumladan virtual kartalar, tokenizatsiya, mobil ilova integratsiyasi va self-service funksiyalarini joriy etish;
- Elektron tijorat yo'nalishi bilan yaqin hamkorlikda yagona karta ekotizimini rivojlantirish;
- Karta biznesi bilan bog'liq operatsion jarayonlarni standartlashtirish, avtomatlashtirish va samaradorligini oshirish;
- Marketing, chakana, korporativ blok, IT, risk, komplaens, audit va operatsion bo'linmalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
- Karta biznesi bo'yicha KPIlarni belgilash, natijadorlikni monitoring qilish va rahbariyatga muntazam hisobot berish;
- Bozordagi fintech-trendlar, karta biznesi bo'yicha zamonaviy yechimlar va raqobatchilar amaliyotini tahlil qilish hamda amaliy takliflar kiritish;
- Karta biznesi yo'nalishidagi jamoalarni rivojlantirish, xodimlar salohiyatini oshirish va samarali boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish.
Talablar
- Oliy ma'lumot (iqtisodiyot, moliya, bank ishi, IT, biznes boshqaruvi yoki unga yaqin yo'nalishlarda);
- Magistr darajasi (MBA, Finance, Banking, Business Administration va boshqalar) ustunlik beradi;
- Bank yoki moliya sohasida karta biznesi, protsessing, ekvayring, to'lov tizimlari yoki chakana mahsulotlar yo'nalishida kamida 7 yil ish tajribasi;
- Rahbarlik lavozimida kamida 3–5 yil ish tajribasi;
- Visa, Mastercard va UnionPay kabi xalqaro to'lov tizimlari bilan ishlash bo'yicha chuqur amaliy tajriba;
- In-house protsessing markazi faoliyati, avtorizatsiya, clearing, settlement, reconciliation, chargeback, dispute va fraud monitoring jarayonlari bo'yicha chuqur bilim;
- Debet, kredit, ish haqi loyihalari, korporativ kartalar, biznes kartalar, premium kartalar, virtual kartalar va boshqa karta mahsulotlarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish tajribasi;
- Karta mahsulotlari bo'yicha tariflar, komissiyalar, unit-iqtisodiyot, rentabellik va P&Lni boshqarish ko'nikmasi;
- Raqamli karta mahsulotlari, tokenizatsiya, contactless, 3D Secure, mobil ilova integratsiyasi, digital onboarding va self-service yechimlari bo'yicha tushuncha va tajriba;
- EMV, PCI DSS, antifraud, token service, karta xavfsizligi va operatsion risklar bo'yicha bilim;
- Chakana, korporativ va hamkorlik asosidagi karta mahsulotlari savdosini rivojlantirish bo'yicha tajriba;
- Elektron tijorat yo'nalishi bilan samarali hamkorlik va integratsion ishlarni tashkil eta olish;
- Bank regulyator talablari, ichki nazorat, komplaens, audit va operatsion risklar bo'yicha bilim;
- Strategik fikrlash, tizimli yondashuv va biznesni kompleks boshqarish ko'nikmasi;
- Loyihalarni boshqarish, ustuvorliklarni belgilash va jamoalararo hamkorlikni tashkil eta olish;
- Muzokara olib borish, tashqi hamkorlar, vendorlar va to'lov tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi;
- Rus tilida erkin so'zlashish;
- Ingliz tilini bilish ustunlik beradi;
- Ravon va tushunarli muloqot qila olish, rahbariyat oldida tashabbus va takliflarni asoslab bera olish;
- Yuqori mas'uliyat, liderlik, tashabbuskorlik va natijaga yo'naltirilganlik.
Shartlar
- Qulay va shinam ofis;
- Lavozimda ko'tarilish uchun imkoniyat;
- Yangi loyihalarni joriy qilish imkoniyati;
- O'sish va rivojlanish uchun imkoniyat;
- Ahil va professional jamoa;
- Raqobatdosh ish haqi.