2025-yilda Uzcard milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlikda so‘nggi 6 oy davomida ko‘plab mijozlarimizni quvontirishga muvaffaq bo‘ldik. Ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar va foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan xizmatlar o‘z samarasini berdi.

Hamkorligimiz natijasida qator banklar safida Uzcard Awards 2025 tadbirida ikki nominatsiya bo‘yicha taqdirlangdik. Bu e’tirof — jamoalarimizning samarali hamkorligi, professional yondashuvi va eng muhimi, mijozlar ishonchining yaqqol tasdig‘idir.

Kelgusida ham Uzcard bilan birgalikda zamonaviy, qulay va xavfsiz to‘lov yechimlarini joriy etib, mijozlarimiz uchun yanada ko‘proq qiymat yaratishda davom etamiz.