Trening doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnikalari, har bir mijozga individual yondashish, yangi mijozlarni jalb qilish va kross sotuvlarni amalda qo‘llash bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, xodimlarning shaxsiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

"Senteo" kompaniyasi AQSH, Ispaniya va Rossiyada vakolatxonalariga ega xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya chakana savdoni o‘zgartirish loyihalari, biznes treninglar va investitsion loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda "Senteo" kompaniyasi 30 dan ortiq mamlakatlarda 300 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirdi, hususan dunyoning 100 ta eng yaxshi banklari qatoriga kiruvchi 16 ta bank uchun loyihalar shular jumlasidandir.

2

3