AT "Aloqabank"da yangi formatda Islom moliyasida hujjatlarni yuritish tartibiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

AT "Aloqabank"da yangi formatda, nafaqat bank xodimlarini balki bank mijozlarini ham yanada moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyiha - “Islom korporatsiyasidan jalb qilinayotgan moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish shartlari hamda Islom moliyasida hujjatlarni yuritish tartibi”ga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O`quv-seminar qatnashchilari tadbirda faol ishtirok etishib, islomiy bankning ishlash tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan jihatlari yuzasidan maʼlumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Eslatib o’tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi O‘zbekiston azaldan islom ilm-fani va madaniyati markazi bo’lib kelganligidir.

2

4